Kia yangilangan 2026-yilgi Sorento Hybrid modelini taqdim etdi

24-sentabr 2025 12:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
kia
Kia 2026-yilgi Sorento Hybrid modelini taqdim etdi / Foto: Kia

Kia kompaniyasi tomonidan yangilangan 2026-yilgi Sorento Hybrid avtomobili taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Asosiy yangilik — X-Line SX Prestige AWD versiyasi bo‘lib, u avvalgi SX Prestige o‘rnini egalladi. Mashina 19 dyuymli g‘ildiraklar, qoraytirilgan bezak detallar va yangilangan emblemalarga ega. Baza EX komplektatsiyasi old g‘ildirakdan tortuvchi ko‘rinishda taqdim etiladi, to‘liq tortish tizimi esa $1800 qo‘shimcha to‘lov evaziga qo‘shiladi.

Foto: Kia

Narxlar biroz oshgan: boshlang‘ich EX modeli $38.8 ming, eng yuqori X-Line SX Prestige AWD esa $47 ming turadi. EX uchun yangi Premium to‘plam ham mavjud bo‘lib, u panoramali tom, BOSE audiosistemi va salonda yaxshilangan yoritishni o‘z ichiga oladi. Barcha versiyalarda yangi sensorli boshqaruvga ega rul o‘rnatildi.

Foto: Kia

Texnik jihatdan Sorento Hybrid avvalgi kabi qolmoqda. Unda 1,6 litrli turbomotor va elektromotor kombinatsiyasi ishlatiladi, umumiy quvvati 227 ot kuchi va 350 Nm. Mashina 100 km/soat tezlikka 7 soniyadan biroz ko‘proqda chiqadi. Yonilg‘i sarfi old g‘ildirakdan tortuvchi versiyada 6,5 litr, to‘liq tortish tizimli variantda esa 6,9 litrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia K5 Tulpar Qozog‘istonda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek