Kredit byurolari uchun kiberxavfsizlik talablari belgilandi

eʼlon qilindi
Axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqilib Markaziy bank bilan kelishiladi
Kredit byurolari uchun kiberxavfsizlik talablari belgilandi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Adliya vazirligi «Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida»gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nizomga ko‘ra, kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi. Shuningdek, axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqilib Markaziy bank bilan kelishiladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank kredit byurolarining xavfsizlik darajasini baholash bo‘yicha maxsus reyting tizimini yuritadi. Ma’lumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoya qilish uchun DLP (Data Loss Prevention) tizimi joriy etilishi shart.

Ushbu talablar kredit byurolari axborot tizimlarida ma’lumotlarning xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

Avvalroq so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik 68 baravarga oshgani xabar qilingandi. Ichki ishlar vazirligi (IIV) va Uzcard mutasaddilarining qayd etishicha, bugungi kunda texnik xakerlik hujumlaridan ko‘ra, odamlarni aldash, ya’ni ijtimoiy muhandislik eng katta tahdid hisoblanadi. Shuningdek, ko‘pincha jinoyatchilar bank nomidan qo‘ng‘iroq qilib, fishing havolalarni yuboradi yoki jabrlanuvchilar nomiga kredit rasmiylashtiradi.

Shuningdek