La Liga. «Atletik» o‘z maydonida «Jirona»ni yenga olmadi, «Espanyol» esa soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi

24-sentabr 2025 00:42 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 6-tur o‘yinlari start oldi. Dastlab «Atletik Bilbao» oʻz maydonida «Jirona»ni qabul qildi. Yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Azedin Ounahi 9-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 48-daqiqada Mikel Xauregisar imkoniyatlarni tenglashtirib qoʻydi.

Shu tariqa ushbu natijadan soʻng «Atletik» oʻz ochkolari hisobini 10 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Jirona» esa 2 ochko bilan soʻnggi 20-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 6-tur
«Atletik» — «Jirona» 1:1

Gollar: Xauregisar (48) — Ounahi (9).
Atletik — Simon, Gorosabel (Areso, 46), Paredes, Laport, Boiro (Berchich, 46), Vesga (de Galarreta, 46), Xauregisar, Uilyams, Sanset (Navarro, 81), Serrano (Berenger, 46), Guruseta.
Jirona — Gassaniga, Rinkon (Kuruma, 86), Franses, Blind, Moreno, Martin, Solis (Aspirilya, 76), Xil (Martines, 76), van de Bek (Portu, 33), Ounahi, Vanat (Stuani, 86).
Ogohlantirishlar: Ounahi (68), Martin (90+1).

Shuningdek, «Espanyol» va «Valensiya» oʻrtasidagi bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmadi.

Dastlab Arnaut Danjuma 15-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, 59-daqiqada Leandro Kabrera muvozanatni tikladi.

Oradan uch daqiqa oʻtib Ugo Duro mehmonlarni yana oldinga olib chiqqandi, biroq ikkinchi bo‘limga qoʻshib berilgan daqiqalarda Javi Puado kataloniyaliklarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa ushbu natijadan soʻng «Espanyol» oʻz ochkolari hisobini 11 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarilib oldi. «Valensiya» esa 8 ochko bilan 9-o‘rindan joy oldi.

«Espanyol» — «Valensiya» 2:2
Gollar: Kabrera (59), Puado (90+6) — Danjuma (12), Duro (62).
Espanyol — Dimitrovich, Al Hiloli (Sanches, 68), Riyedel, Kabrera, Romero (Salinyas, 82), Dolan (Roka, 82), Pikel (Fernandes, 57), Eskposito, Losano (Gonsales, 68), Puado, Garsiya.
Valensiya — Agirresabala, Fulke, Tarrega, Diakabi, Gayya (Vaskes, 76), Rioxa (Gerra, 76), Santamariya, Pepelu (Ugrinich, 60), Lopes (Beltran, 60), Duro, Danjuma (Korreyya, 71).
Ogohlantirishlar: Pikel (38), Diakabi (38), Lopes (43), Santamariya (54), Agirresabala (90+4).

Shuningdek