La Liga. «Real» safarda «Levante» ustida chiroyli gʻalabaga erishdi

24-sentabr 2025 03:20 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

La Liganing 6-turidan o‘rin olgan bahs yakunlandi. «Real Madrid» mehmonda «Levante»ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.

Uchrashuvda dastlab «qirollik klubi» futbolchisi Vinisius Junior 28-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Mastantuono farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi taymni faol boshlagan mezbonlar vakili Eyong 54-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiyalik hujumchi Killian Mbappe 64-daqiqada penaltidan va 66-daqiqada o‘yindan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» oʻz ochkolari hisobini 18 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Levante» esa 4 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.

La Liga. 6-tur
«Levante» — «Real» 1:4
Gollar: Eyong (54) — Vinisius (28), Mastantuono (38), Mbappe (64 penalti, 66).
Levante — Rayan, Tolyan, Dela, Elgezabal, Pampin, Alvares (Morales, 74), Rey, Vensedor (Arriaga, 65), Olasagasti (Brugi, 65), Etta Eyong (Losada, 74), Romero (Koyalipu, 74).
Real — Kurtua, Asensio, Heysen, Karreras (Alaba, 82), Fran Garsiya, Valverde (Bellinghem, 71), Sebalos (Kamavinga, 82), Guler, Mastantuono (Chuameni, 74), Vinisius, Mbappe (Rodrigo, 82).
Ogohlantirishlar: Karreras (54), Elgezabal (58).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Liverpul» va «Chelsi» Angliya Liga Kubogi 1/8 finaliga yoʻl olgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek