Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga taklif qildi — foto va tafsilotlar

eʼlon qilindi
Uchrashuv AQShning Nyu-York shtatida bo‘lib o‘tdi
Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga taklif qildi — foto va tafsilotlar / Foto: President.uz

23-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish, mintaqaviy va global dolzarb masalalarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: President.uz

Suhbat davomida joriy yil 5-sentabrda telefon orqali erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yutuqlari bilan samimiy tabrikladi, uning mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishdagi hissasi ta’kidlandi. Tramp esa O‘zbekistondagi iqtisodiy modernizatsiya va islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, fuqaroviy aviatsiya, tog‘-kon sanoati, moliya, energetika, innovatsiya va kimyo sohalarida istiqbolli loyihalar va shartnomalar portfeli shakllantirildi. Bu kelishuvlar ikki mamlakatda o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Uchrashuv ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi. Bungacha davlat rahbarlari 2017-yil may oyida Ar-Riyodda hamda 2018-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda uchrashgan edi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va AQSh yetakchilari telefon orqali muloqot qilgani haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek