Navoiyda ikki yirik kimyo zavodi sexlari faoliyati to‘xtatildi

eʼlon qilindi
«Navoiyazot» AJ va «Sogda Kimyo Zavod» MCHJga qarashli uchta sex
Navoiyda ikki yirik kimyo zavodi sexlari faoliyati to‘xtatildi / Foto: Ekologiya vazirligi

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida «Navoiyazot» va «Sogda Kimyo Zavod» korxonalarining ayrim sexlari faoliyati sud qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Mutaxassislar tekshiruvlari davomida jami 22 ta sanoat korxonasi ekologik talablarni buzib ishlayotgani aniqlangan. Natijada ularning faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi va 19 tasi qanoatlantirildi.

23-sentabr kuni sud qaroriga muvofiq, «Navoiyazot» AJning ammiak ishlab chiqaruvchi 23-sexi faoliyati to‘xtatildi. Shuningdek, «Sogda Kimyo Zavod» MCHJga qarashli uchta sex ham vaqtincha yopildi.

Nazorat tadbirlarida qo‘lbola usulda qurilgan 92 ta noqonuniy ohak pishirish xumdonlari ham aniqlanib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan buzib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Noyob lochinlarni noqonuniy saqlagan fuqaro 620 million so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek