O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yadroviy hamkorlik memorandumi imzolandi

eʼlon qilindi
Anglashuv memorandumi
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yadroviy hamkorlik memorandumi imzolandi. Foto: Wlad74/Depositphotos

Bugun, 24-sentabr kuni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida atom energetikasi sohasida keng hamkorlikni rivojlantirishga asos yaratadigan yadroviy hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda AQSh davlat kotibining qurollarni nazorat qilish va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Brent Kristensen ma’lum qildi.

«Bugun O‘zbekiston TIV o‘rinbosari Madrahimov bilan ikki mamlakat ekspertlari va sanoati o‘rtasida atom energetikasi sohasida yanada keng hamkorlik qilish uchun asos yaratadigan yadroviy hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladik», — deydi Kristensen.

Shuningdek, u mazkur hujjat Trampning AQSh atom sanoatini dunyo bo‘ylab raqobatbardosh qilish haqidagi farmoniga muvofiq amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq AQSh Energetika vazirligining Yadro kontrabandasini aniqlash va oldini olish dasturi doirasida O‘zbekiston bojxonalariga qiymati qariyb $1 millionga teng uskunalar — transport va piyodalar uchun mo‘ljallangan radiatsiya portal monitorlari topshirilgandi. Bu uskunalar yadro materiallari kontrabandasining oldini olish, xavfni vaqtida aniqlash va bojxona xodimlarini zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti xalqaro ilmiy tadqiqotlar dasturiga qo‘shilgan. Bu bilan institut Rossiyaning Dimitrovgrad shahrida qurilayotgan to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli tezkor tadqiqot reaktori – KMTTR konsorsiumining a’zosi bo‘ldi.

Mazkur reaktor «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibidagi Atom reaktorlari ilmiy-tadqiqot institutida bunyod etilmoqda. Qurilish «Yangi atom va energetika texnologiyalari» milliy loyihasi doirasida olib borilmoqda.

Shuningdek