O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiylari qo‘shma kompyuter o‘quv mashg‘ulotini boshladi

eʼlon qilindi
«Mahorat – 2025» nomi ostida
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiylari qo‘shma kompyuter o‘quv mashg‘ulotini boshladi / Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston va Ozarboyjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Qurolli Kuchlar Modellashtirish va simulyatsiya bo‘yicha dala-o‘quv markazida qo‘shma kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quvi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Mashg‘ulotlar xalqaro terroristik va ekstremistik tuzilmalarga qarshi kurash, ularni qurshovga olish va yakson qilish bo‘yicha qo‘shinlarning amaliy harakatlarini tashkil etishga bag‘ishlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi

O‘quvning birinchi kunida Ozarboyjon delegatsiyasi markaz faoliyati bilan tanishdi hamda ishtirokchilarga taktik vazifalar va dastlabki holat yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Dastur davomida ikki davlat harbiylari noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi kurash jarayonida tajriba almashadi, jangovar harakatlarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhokama qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida yozgan edik.

Shuningdek