Yangiliklar

O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan buyon 32-marta rekord narxni yangiladi

24-sentabr kuni 7,67 mln so‘mdan oshdi
oltin
Foto: Finlit.uz

24-sentabr kuni 5 grammli oltin quyma narxi tarixiy rekordini yana bir bor yangilab, 7,67 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 10 grammli quyma 15,219 mln so‘mdan 15,358 mln so‘mga, 20 grammli quyma 30,438 mln so‘mdan 30,717 mln so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 76,792 mln so‘m, 100 grammli esa 153,584 mln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 23-sentabr kuni 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,6 mln so‘mdan oshgani haqida yozgandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning 8 oyida O‘zbekistonda 17 387 ta jami hajmi 380 kilogramlik oltin quymalari sotildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan media muloqotda ma’lum qilgandi.

2024-yilda bu ko‘rsatkich 14 382 ta (236 kg)ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 2,5 baravarga o‘sish kuzatilgan.