O‘zbekistondagi hayvonot bog‘larida qancha hayvon saqlanmoqda
eʼlon qilindi
Ular 720 turga mansub

2025-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 7 ta hayvonot bog‘i faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy maydoni 49,2 gektarni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shuningdek, hayvonot bog‘larida jami 19,3 mingdan ziyod jonivor saqlanmoqda. Ular 720 turga mansub. Hayvonot bog‘larida saqlanayotgan jonivorlarning katta qismini baliqlar tashkil etadi — ularning soni 9,6 mingdan oshadi.
Shuningdek, parrandalar 2,4 mingta bo‘lsa, sutemizuvchilar 611 ta, sudralib yuruvchilar 453 ta, suvda va quruqlikda yashovchilar esa 63 tani tashkil qiladi. Shuningdek, boshqa turdagi jonivorlar soni 6,2 mingdan ortiq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mushukka qaynoq suv quygan xitoylik fuqaro jazoga tortilgani haqida yozgandi.