«Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo‘lindi

24-sentabr 2025 17:54 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: The Astana Times

UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Qayrat» — «Real» uchrashuvi uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo‘lindi. Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, stadion eshiklari 18:45 da, ya’ni o‘yindan uch soat oldin ochiladi. Tashkilotchilar muxlislardan tirbandlikni oldini olish va nazoratdan bemalol o‘tish uchun arenaga ertaroq kelishlarini so‘ramoqda.

Qayd etilishicha, stadionga uchta yo‘nalish orqali kirish mumkin: Abay prospekti, Satpayev ko‘chasi va Baytursunov ko‘chasidan.

Ma’lumot uchun, «Qayrat» — «Real» uchrashuvi 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da Olmaotada joylashgan «Markaziy» stadionida start oladi. Arena sig‘imi esa 26 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarning narxlari qanchani tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek