
Qirol kubogi 1/16 final doirasida «Al Vahda» va «Al Ittihod» oʻzaro toʻqnash keldi va yakunda mehmonlar minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 9-daqiqada Saleh Al Shehri tomonidan kiritildi. «Al Ittihod» hujumchisi penaltidan unumli foydalandi.
Qirol Kubogi. 1/16 final
«Al Vahda» — «Al Ittihod» 0:1
Gol: Al Shehri (pen. 9).
Al Vehda — Al Ovisher, Hodari, Fallatah, Adnan, Qahtani, Oladapo, Almaqadi (Majrashi, 78), Amri (Hadhari, 57), Dambelley, Diallo, Mbungue (Al Johani, 87).
Al Ittihod — Raykovich, Al Jelidan (Halid, 70), Simich, Mitaj, Faqihi (Al Ghamdi, 70), Ghamdi (Sharahi, 70), Al Nashri, Dumbiya, Fernandesh, Al Shehri, Alobud (H. Al Ghamdi, 70).
Shuningdek, 1/16 final turniri doirasida «Jiddah» va «An Nasr» ham oʻzaro bahs olib bordi. Yakunda mehmonlar yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada Omar Feysal tomonida ochildi. «Jiddah» futbolchisi kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. 61-daqiqada esa Uesli ustunlikni mustahkamladi.
71-daqiqada Joau Feliks jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilgan boʻlsa, 89-daqiqada Muhammad Simakan hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.
Ma’lumot uchun, «An Nasr»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvda zaxirada qoldirildi.
«Jiddah» — «An Nasr» 0:4
Gollar: Feysal (avt. 8), Uesli (61), Feliks (71), Simakan (89).
Jiddah — Mosailem, Al Harbi, Kennedy, Omar, Asseri, Al Shamrani, Aburjania (Al Sahafi, 77), Praia (Muxtar, 46), Mahbub (Matmi, 29), Baazeem (Al Amoudi, 89), Bimenyimana (Havsavi, 77).
An Nasr — Bentu, Al Gannam (Yahyo, 68), Al Amri, Inigo (Simakan, 63), Boushal, Al Haybari (Koman, 63), Al Hassan, Uesli, Anjelo, G’arib (Feliks, 63), Kamara (Mane, 63).