Sotib olishga arziydigan 5 ta eng yaxshi Honor smartfoni

24-sentabr 2025 17:59 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
5 ta eng yaxshi Honor smartfoni
Sotib olishga arziydigan 5 ta eng yaxshi Honor smartfoni / Foto: Palach

Honor 2025-yilda turli toifadagi foydalanuvchilar uchun qator kuchli smartfonlarni taqdim etdi. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, 5 ta eng yaxshi Honor smartfoni haqida qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

Foto: Palach

Maqolada siz bilib olasiz

Honor X9c — mustahkam smartfon

Bu model brendning eng ko‘p sotiladigan va ayni paytda eng chidamli smartfonlaridan biri bo‘ldi. U ikki xil himoya standartiga — IP65M va SGS Premium Performance sertifikatlariga ega. Bu degani, qurilma -30 °C sovuqda ham, +55 °C issiqda ham ishlay oladi. Bundan tashqari, u ikki metr balandlikdan tushishga bardosh beradi.

Texnik imkoniyatlari ham yomon emas:

  • 6,78 dyuymli 120 Hz AMOLED displey, 1,5K aniqlik va 4000 nit yorqinlik;
  • Snapdragon 6 Gen 1 protsessori;
  • 108+5 MP asosiy kamera va 16 MP old kamera;
  • 6600 mA/soat akkumulyator, 66 Vt tezkor zaryadlash.

Bu smartfon o‘rtacha narxda sifatli ekran, yaxshi kameralar va mustahkam korpus izlayotgan foydalanuvchilar uchun ideal tanlov.

Foto: Palach

Honor 200 Pro — suratga olishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun

Seriyaning «Pro» modeli optikaga katta e’tibor qaratgan. Unda uchta 50 MP modul va 2,5 barobar optik zum mavjud. Kechki va past yorug‘likdagi suratlar ham juda sifatli chiqadi.

Texnik imkoniyatlari:

  • 6,78 dyuymli 1,5K OLED displey, 4000 nit yorqinlik;
  • Snapdragon 8s Gen 3 chipi;
  • 5200 mA/soat akkumulyator, 100 Vt tezkor va 66 Vt simsiz zaryadlash;
  • NFC, IR-port, IP65 himoyasi.

Ushbu model suratga olishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun eng yaxshi byudjet flagmanlardan biri hisoblanadi.

Foto: Palach

Honor 400 Pro — mukammal balans

Honor’ning 2025-yildagi eng balansli smartfoni. Qurilmada 200 MP asosiy sensor, 50 MP keng burchak va 12 MP telefoto kamera mavjud. Ularning ikkitasi optik stabilizatsiyaga ega, natijada foto va video juda tiniq chiqadi.

Afzalliklari:

  • 6,7 dyuymli AMOLED displey, 5000 nit yorqinlik;
  • Snapdragon 8 Gen 3 chipi;
  • 6000 mA/soat kremniy-uglerod akkumulyatori, 100 Vt tezkor va simsiz zaryadlash;
  • IP69 himoya, NFC va stereo tovush.

«400 Pro» narx va sifat nisbatida eng to‘liq paketni taqdim etadi.

Foto: Honor

Honor Magic7 — yoshlar uchun flagman

Bu model arzonroq flagman sifatida taqdim etilgan, ammo kuchli texnik xususiyatlarga ega. Unda Snapdragon 8 Elite chipi va 12 GB RAM mavjud bo‘lib, og‘ir o‘yinlarni ham muammosiz o‘ynash mumkin.

Muhim jihatlar:

  • 6,78 dyuymli LTPO OLED ekran, 5000 nit yorqinlik;
  • 5650 mA/soat akkumulyator, 100 Vt tezkor va 80 Vt simsiz zaryadlash;
  • Uchta 50 MP kamera, 3 barobar zum;
  • IP69 himoya, NFC va IR-port.

Magic7 — kuchli texnika va zamonaviy dizayn izlayotgan foydalanuvchilar uchun eng maqbul variant.

Foto: Palach

Honor Magic7 Pro — «Android olamining qiroli»

Seriyaning eng yuqori modeli bo‘lib, ko‘plab fanboylar uni «Samsung va iPhone’ga haqiqiy raqib» deb atashmoqda. U 200 MP telefoto kamerasi, ToF 3D-sensori va yuqori darajadagi NanoCrystal Shield himoyasi bilan ajralib turadi.

Afzalliklari:

  • 6,8 dyuymli LTPO OLED ekran, HDR Vivid;
  • Snapdragon 8 Elite chipi;
  • 5850 mA/soat akkumulyator, DisplayPort qo‘llab-quvvatlashi;
  • 200 MP kamera, ilg‘or portret imkoniyatlari.

Bu smartfon texnologiya ixlosmandlari uchun eng mukammal variant hisoblanadi va kelgusi bir necha yil davomida ham dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sentabrda e’tibordan chetda qolgan 5 smartfon haqida xabar bergan edi.

Shuningdek