Toshkentdagi tirbandliklar bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

eʼlon qilindi
Jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishni so‘radi
Toshkentdagi tirbandliklar bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi / Foto: VK

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev poytaxt yo‘llaridagi tirbandliklar aholining kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘rovda qayd etilishicha, o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkentda harakat keskin kuchaygan va ayrim paytlarda tirbandlik darajasi 10 ballgacha yetmoqda. Bu esa minglab fuqarolarning ishga, o‘qishga va boshqa maqsadlarda yo‘lga sarflaydigan vaqtini zoye ketkazmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni poytaxtga 1 mlnga yaqin odam tashrif buyuradi, shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Viloyat hududlaridan ertalab kelib, kechqurun qaytayotgan avtomobillar tirbandliklarni yanada kuchaytirmoqda.

Senator vazirlikdan tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, «Intellektual transport» tizimining amaldagi holati va jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkazish jarayoniga oid batafsil ma’lumotlarni taqdim etishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IMEI-kod bo‘yicha muammolar haqidagi senat so‘roviga Sherzod Shermatov javob bergan edi.

Shuningdek