
Volkswagen o‘zining Polo liniyasiga yangi Volkswagen CityLife versiyasini qo‘shdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Ushbu modifikatsiya budjet variantlari va kuchliroq GTI o‘rtasidagi segmentni egallaydi. Model 16 dyuymli disklar, qoraytirilgan orqa oynalar va maxsus belgilari bilan ajralib turadi.
Avtomobil 1,0 litrli uch silindrli benzinli turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 116 ot kuchiga teng, maksimal aylanish momenti esa 200 N·m. U 7 pog‘onali DSG avtomat uzatmalar qutisi va old g‘ildirakdan tortish tizimi bilan ishlaydi.
Ichki qismda ikki zonali konditsioner, kalitsiz kirish, avtomatik LED chiroqlar va soyabonlar, simsiz quvvatlash tizimi, raqamli panel hamda CarPlay va Android Auto’ni qo‘llovchi 8 dyuymli ekran mavjud. Shuningdek, charm rul, boshqaruv tugmalari va old o‘rindiqlar uchun elektr sozlamalar opsiya sifatida taqdim etiladi.
Xavfsizlik borasida Polo CityLife moslashtiriladigan kruiz-kontrol, yo‘ldan chiqmaslik tizimi, ko‘r joylarni nazorat qilish funksiyasi, avtoparkovka yordamchisi va yo‘lovchilarni oldindan himoya qilish tizimi bilan ta’minlangan. Modelning boshlang‘ich narxi $19 mingni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volkswagen ID. Cross taqdim etilgani haqida yozgan edi.