Wuling Xingguang 730 avtomobili oldindan buyurtmaga chiqarildi

24-sentabr 2025 12:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Wuling Xingguang 730 oldindan buyurtmaga chiqarildi / Foto: SGMW

SGMW kompaniyasining yangi Wuling Xingguang 730 avtomobili oldindan buyurtmaga chiqarildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

23-sentabr kuni start olgan buyurtmalar davomida xaridorlar 1 000 yuan (139 dollar) depozit qo‘yib, 2 000 yuan (278 dollar) chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin. Dastlabki avtomobillar allaqachon Xitoyning 220 shahriga yetkazilgan.

Wuling Xingguang 730 oldindan buyurtmaga chiqarildi / Foto: SGMW

Xingguang 730 Wuling’ning yangi energiya arxitekturasi asosida yaratilgan va kompaniyaning Sky-Spirit-God texnologiyalari qatoriga kiradi. Modelning asosiy o‘ziga xosligi — turli xil kuch qurilmalari tanlovidir. Mashina benzinli, plagin-gibrid va elektr versiyalarda ishlab chiqariladi.

Wuling Xingguang 730 avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: SGMW

Benzin va gibrid variantlarida katta radiator panjarasi bo‘lsa, elektr versiyasi soddaroq uslubda ishlab chiqilgan. Unda faqat pastki panjara saqlanib, butun old qismi qora rangda ishlangan. Barcha versiyalar LED kunduzgi chiroqlar va aerodinamik yon kanal dizayniga ega.

Foto: SGMW

Avtomobilning o‘lchamlari 4 910×1 850×1 770 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2 910 mmni tashkil etadi. Salonida markaziy suzuvchi displey va qo‘shimcha qulaylik uchun jismoniy tugmalar o‘rnatilgan. Shuningdek, simsiz telefon quvvatlash moslamasi mavjud. Uchinchi qatorgacha bo‘lgan 2+2+3 joylashuvdagi yetti o‘rinli konfiguratsiya, ikkinchi qatordagi o‘rindiqlarni yotqizish imkoniyati bilan kengroq qulaylikni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia K5 Tulpar avtomobilining Qozog‘istonda taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek