Bizning yadroviy qurol yaratish niyatimiz yo‘q — Eron prezidenti

eʼlon qilindi
Eron yangi sanksiyalar xavfi ostida qolmoqda
Bizning yadroviy qurol yaratish niyatimiz yo‘q — Eron prezidenti / Foto: Reuters

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BMT Bosh Assambleyasida mamlakati hech qachon yadroviy bomba yaratmaganini va bunday niyatga ega emasligini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

28-avgust kuni Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya BMT sanksiyalarini qayta tiklash jarayonini boshladi. 27-sentabrga qadar kelishuv bo‘lmasa, Eron yana qattiq cheklovlarga duch keladi.

Yevropa davlatlari Tehrondan BMT inspektorlarini yadroviy obyektlarga qaytarish, boyitilgan uran zaxiralari bo‘yicha xavotirlarni bartaraf etish va AQSh bilan muzokara o‘tkazishni talab qilmoqda.

Pezeshkiyon esa bu qarorni «noqonuniy» deb atab, uni AQSh bosimi ostida qabul qilinganini ta’kidladi. Shunga qaramay, tomonlar muzokaralar imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Agar 27-sentabrga qadar murosa bo‘lmasa, BMT sanksiyalari qayta tiklanadi. Bu Eronda qurol embargosi, uran boyitishga taqiq, ballistik raketalar faoliyatiga cheklovlar va aktivlarning muzlatilishini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Eron uchun ham AES qurib berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek