Gadjetlar

Batareyasi eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk

Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, ma'lumotlarni to‘pladi
eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk
2025-yilda eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk / Foto: Palach

Noutbuk tanlashda ko‘pchilik avvalo dizayn va unumdorlikka e’tibor beradi. Ammo ish, o‘qish yoki safar uchun eng muhim jihatlardan biri — bu avtonomiya. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, batareyasi eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk modeli haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk
Tecno MegaBook K16SDA / Foto: Palach

Tecno MegaBook K16SDA — budjet toifasidagi rekordchi

Katta avtonomiya izlayotgan, lekin ortiqcha pul sarflashni istamaydiganlar uchun eng yaxshi variantlardan biri. Tecno MegaBook K16SDA o‘zining 17,5 soatlik ishlash muddati bilan ajralib turadi.

  • Dizayn: metall korpus, 1,75 kg vazn, 17,5 mm qalinlik;
  • Ekran: 16 dyuymli IPS, Full HD+, 320 nit yorqinlik;
  • Protsessor: AMD Ryzen 5 7430U;
  • Xotira: 8 GB RAM va 256 GB SSD;
  • Boshqa imkoniyatlar: stereo dinamiklar, HD veb-kamera, barmoq izi skaneri.

Bu noutbuk kundalik ish, hujjatlar bilan ishlash va kodlash uchun ideal, ayniqsa, arzon narxda uzoq vaqt ishlash imkoniyati uni mashhur qilmoqda.

eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk
Xiaomi RedmiBook 14 / Foto: Palach

Xiaomi RedmiBook 14 (2024) — ixcham va qulay «xalq noutbuki»

Xiaomi kompaniyasining bu modeli 12 soatgacha ishlash vaqti bilan mashhur. Qulayligi va kompaktligi uni talabgir qilgan.

  • Ekran: 14 dyuym, 2K IPS, 120 Hz, 400 nit yorqinlik;
  • Protsessor: Intel Core i5-13500H;
  • Xotira: 16 GB RAM, 512 GB SSD;
  • Boshqa imkoniyatlar: Dolby Atmos ovozi, kuchli sovutish, HyperOS bilan integratsiya.

Ushbu noutbuk talaba va yosh mutaxassislar uchun qulay, ayniqsa o‘yin-kulgi va kundalik vazifalarda yetarlicha kuchli.

Foto: Palach

Honor MagicBook X16 Plus (2024) — eng balansli tanlov

Honor’ning X16 Plus modeli narx va sifat nisbatida eng muvozanatli hisoblanadi. 14 soatgacha avtonomiya bilan bozorga chiqdi.

  • Dizayn: alyuminiy korpus, 1,79 kg, 17,9 mm qalinlik;
  • Ekran: 16 dyuymli IPS, 2,5K, 120 Hz, 430 nit;
  • Protsessor: AMD Ryzen 7 8845HS;
  • Xotira: 16 GB RAM, 512 GB SSD;
  • Boshqa imkoniyatlar: HD veb-kamera, stereo ovoz, barmoq izi skaneri.

Bu model ham ishlash, ham kontent tomosha qilish uchun yaxshi mos keladi, ammo og‘ir videomontaj yoki katta o‘yinlar uchun emas.

eng uzoq ishlaydigan 5 ta noutbuk
Huawei MateBook 14 / Foto: Palach

Huawei MateBook 14 (2024) — eng yaxshi ekran va kuchli avtonomiya

Huawei’dan chiqqan MateBook 14 ko‘plar tomonidan sinfida eng yaxshi ekranli noutbuk sifatida e’tirof etilgan. Avtonomiyada esa 16 soatgacha ishlash muddati bilan ajralib turadi.

  • Dizayn: 1,31 kg vazn, 14,5 mm qalinlik;
  • Ekran: 14,2 dyuymli OLED, 2,8K, 120 Hz, 1 mlrd rang, sensorli boshqaruv;
  • Protsessor: Intel Core Ultra 5 125H;
  • Xotira: 16 GB RAM, 512 GB SSD;
  • Boshqa imkoniyatlar: AI veb-kamera, ko‘plab portlar, stereo tovush, Huawei Metaline antennasi.

Bu model dizaynerlar va ijodkorlar uchun ayniqsa qulay, chunki rang uzatish sifatli va ekrani yorqin.

MacBook Air 13 M4 / Foto: Palach

MacBook Air 13 M4 (2025) — Apple’dan avtonomiya bo‘yicha yangi rekordchi

Apple’ning eng mashhur ultrabuki MacBook Air M4 2025-yilda eng uzoq ishlaydigan noutbuklardan biri bo‘ldi. U 18 soatgacha ishlash imkoniyati bilan boshqa raqiblarini ortda qoldiradi.

  • Dizayn: 1,24 kg, 11,3 mm qalinlik;
  • Ekran: 13,6 dyuymli Super Retina IPS, Dolby Vision, True Tone, 500 nit;
  • Protsessor: Apple M4 chipi;
  • Xotira: 16 GB RAM, 256 GB SSD (asosiy versiyada);
  • Boshqa imkoniyatlar: Touch ID, Dolby Atmos dinamiklari, Center Stage funksiyali kamera, 2×USB-C port.

MacBook Air M4 — Apple ekotizimida ishlaydiganlar uchun eng yaxshi tanlov, kuchli ishlash va rekord avtonomiya uni bozorda yetakchiga aylantirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sotib olishga arziydigan 5 ta eng yaxshi Honor smartfoni haqida xabar bergan edi.