
26-sentabr kuni O‘zbekiston hududida havo kechasi o‘rtacha 10–17 daraja iliq, kunduzi esa 24–30 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Hududlar | Ob-havo | Shamol | Harorat (kechasi / kunduzi) |
---|---|---|---|
Toshkent shahri | Biroz bulutli, kechasi qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi | G‘arbdan 3-8 m/s, 10-12 m/s gacha | 15-17° / 26-28° |
Qoraqalpog‘iston, Xorazm | Biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi | Sharqdan 7-12 m/s | 8-13° / 25-30° |
Buxoro, Navoiy | Biroz bulutli, o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi; chang-to‘zon bo‘lishi mumkin | Sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s | 12-17° / 25-30° |
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand | Biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan; Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir va momaqaldiroq | Sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s | 12-17° / 24-29° |
Qashqadaryo, Surxondaryo | Biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi | G‘arbdan 7-12 m/s | 12-17° / 27-32° |
Andijon, Namangan, Farg‘ona | Biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi | G‘arbdan 5-10 m/s | 12-17° / 24-29° |
Tog‘li hududlar | Biroz bulutli, ayrim joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq | G‘arbdan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s | 10-15° / 15-20° |