Changan CS55 Plus’ning yangi avlodi savdoga chiqdi

25-sentabr 2025 19:48 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Changan CS55 Plus’ning yangi avlodi savdoga chiqdi / Foto: Changan

Xitoyda Changan CS55 Plus’ning to‘rtinchi avlodi rasmiy savdosi boshlandi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Foto: Changan

Krossover 190 ot kuchiga ega 1,5 litrli Blue Whale turbodvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, bitta to‘ldirishda 1000 km gacha yo‘l bosishi mumkin.

Foto: Changan

Modelning narxi 78,9 ming yuandan ($11 ming atrofida) boshlanib, 96,9 ming yuangacha yetadi (taxminan $13,5 ming). Avtomobil o‘lchamlari avvalgi avloddan kattaroq — uzunligi 4550 mm, g‘ildirak bazasi esa 2656 mm.

Foto: Changan

Salonida 10,25 va 14,6 dyuymli displeylar, ergonomik o‘rindiqlar hamda old yo‘lovchi uchun ventilyatsiya, isitish va massaj funksiyali maxsus kreslo o‘rnatilgan. Yuqori komplektatsiyada esa haydovchiga yordam beruvchi Tianshu tizimi mavjud.

Foto: Changan

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq yangilangan Changan Eado taqdim etilgan edi.

Shuningdek