
DxOMark mutaxassislari tomonidan eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi yangilandi. iPhone17 Pro 168 ball olib, ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi.
iPhone 17 Pro Huawei Pura 80 Ultra (175 ball) va Oppo Find X8 Ultra (169 ball) smartfonlaridan ortda qoldi. Taqqoslash uchun, Samsung Galaxy S25 Ultra atigi 151 ball bilan 21-o‘rinda turibdi.
DxOMark iPhone 17 Pro’ning afzalliklari sifatida eng yaxshi videotasvir sifati, yumshoq va aniq zum, hamda portretlarda to‘g‘ri rang uzatish va tabiiy ranglarini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, kam yorug‘likda shovqin paydo bo‘lishi va ba’zi zum darajalarida detallarning yo‘qolishi kamchilik sifatida qayd etilgan.
Ro‘yxat:
O‘rin | Model | Sana | Ball |
---|---|---|---|
1 | Huawei Pura 80 Ultra | Iyun 2025 | 175 |
2 | Oppo Find X8 Ultra | Aprel 2025 | 169 |
3 | Apple iPhone 17 Pro | Sentabr 2025 | 168 |
4 | Vivo X200 Ultra | Aprel 2025 | 167 |
5 | Google Pixel 10 Pro XL | Avgust 2025 | 163 |
6 | Huawei Pura 70 Ultra | Aprel 2024 | 163 |
7 | Apple iPhone 16 Pro Max | Sentabr 2024 | 161 |
8 | Google Pixel 9 Pro XL | Avgust 2024 | 160 |
9 | Xiaomi 15 Ultra | Mart 2025 | 159 |
10 | Honor Magic6 Pro | Fevral 2024 | 158 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan smartfonni qanday zaryadlash kerakligi haqida yozgan edi.