Gadjetlar

iPhone 17 Pro’ni tirnalishlardan qanday saqlash mumkin

Eng ko‘p tirnalishlar Deep Blue rangidagi iPhone 17 Pro’da kuzatilmoqda
iPhone 17 Pro’ni tirnalishlardan qanday saqlash mumkin. Foto: Reddit

Yangi iPhone 17 Pro kuchli imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, uning yuzasida tirnalishlar paydo bo‘layotgani haqida shikoyatlar ko‘paydi. Eng ko‘p tirnalishlar Deep Blue rangidagi iPhone 17 Pro hamda Space Black rangidagi iPhone Air modellarida kuzatilmoqda.

Kompaniyaning tushuntirishicha, do‘konlarda ishlatiladigan MagSafe qurilmalari eskirgani sababli yangi iPhone orqa qismiga boshqa materialning izi tushishi mumkin. Biroq bu haqiqiy tirnalish emas. Uni oddiy tozalash bilan osonlikcha ketkazib yuborish mumkin.

Tom’s Guide yangi iPhone’ni tirnalishlardan saqlash uchun quyidagi choralarni tavsiya etdi:

  1. Mos g‘ilof tanlash – sifatli, ayniqsa kameralar va tugmalarni himoya qiladigan g‘ilof ishlatish tirnalishlarning oldini oladi. Ingichka, ammo chetlarini yopib turadigan turlari yanada xavfsizroq.
  2. Telefonni xavfsiz joyda olib yurish – kalit yoki tangalar bilan bir cho‘ntakda saqlamang. Sumkada bo‘lsa, alohida yumshoq matoli qopchada olib yurgan ma’qul.
  3. Telefonni to‘g‘ri qo‘yish – stol yoki tokchaga qo‘yishda ehtiyot bo‘ling. Yuzada mayda zarrachalar tirnalishga sabab bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi yechim – yumshoq yuzaga ega MagSafe turidagi maxsus qo‘yilma ishlatish.

Mutaxassislar bu muammo keng tarqalmaganini, biroq har qanday telefon vaqt o‘tishi bilan kichik tirnalishlarga uchrashi tabiiyligini ta’kidlashmoqda.

Bundan avval Mobile-Review bosh muharriri Eldar Murtazin Apple’ning yangi flagmanini sinovdan o‘tkazib, iPhone 17 Pro va 17 Pro Max’ni olishga arzimaydigan to‘qqizta sababni keltirgandi. Uning aytishicha, birinchi va eng asosiy minus — osmondek qimmat narx.