
Angliya Liga kubogi 1/16 final bosqichidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Jumladan, o‘z maydonida «Bredford»ni qabul qilgan «Nyukasl» yakunda yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda Joelinton va Uilyam Osula dubl qayd etishgan boʻlsa, Endi Kuk mehmonlarning yagona javob to’piga mualliflik qildi. Shu tariqa «qarg‘alar» turnirning 1/8 finaliga yoʻl oldi.
Liga kubogi. 1/16 final
«Nyukasl» — «Bredford» 4:1
Gollar: Joelinton (17, 75), Osula (19, 87) — Kuk (79)
Nyukasl: Ramsdeyl, Kraft (Trippyer, 61), Tiav, Botman (Merfi, 89), Xoll (Livramento, 61), Joelinton, Gimaraes, Mayli, Elanga (Voltemade, 69), Osula, Gordon (Barns, 69).
Bredford: Uoker, Pennington, Birn (Makkintayr, 80), Kelli (Rayt, 61), Xollidey (Nyufill, 62), Li, Pauer, Ture, Pauell (Sarchevich, 46), Gamfris (Kuk, 62), Poynton.
Ogohlantirishlar: Li (41).

Shuningdek, safarda «Port Veyl» mehmoni boʻlgan «Arsenal» ham 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada Eberechi Eze tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlim soʻnggida esa Leandro Trossard jamoasining ustunligini mustahkamladi.
«Port Veyl» — «Arsenal»
Gollar: Eze (8), Trossard (86).
Port Veyl: Gauchi, Dehra, Hamfreys, Holl, Lourens-Gabriel (Klark, 66), Holl (Garriti, 66), Krosdeyl, Volters, Hidli, Paton (Stokli, 70), Kyurtis.
Arsenal: Arrizabalaga, Uayt (Magalyaesh, 71), Saliba, Moskera, Lyuis-Skelli, Nvaneri, Nergor, Eze (Rays, 81), Saka (Dovman, 63), Merino (Gyokeresh, 71), Martinelli (Trossard, 81).

Bundan tashqari, oʻz maydonida «Donkaster»ni qabul qilgan «Tottenhem» yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi gollarga «shporlar»dan Joau Palinya, Brennan Jonson mualliflik qildi. Mehmonlar a’zosi Jey Makgras esa kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
«Tottenhem» – «Donkaster» 3:0
Gollar: Palinya (14), Makgras (avt. 17), Jonson (90+4)
Tottenhem: Kinski, Porro, Palinya, Danzo, Spens (Udodji, 75), Grey, Bentankur, Simons (Bergvall, 61), Jonson, Tel (Uilyams-Barnett, 87), Odober (Risharlison, 61).
Donkaster: Loulor, Nikson, Grean, Makgrat, Sinior, Beyli, Sbarra (Kryu, 75), Klouz (Gotts, 74), Olusanya (Xenlen, 61), Adjai (Molino, 61), Middlton (Gibson, 75).
Ogohlantirishlar: Porro (85) — Beyli (19).