Olti mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Regapen va Zardeks
Dorilar
Olti mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Foto: DXX

O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasining Quvasoy shahri hududidan o‘tuvchi qismida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Tekshiruvda Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan yetti qutida jami 53,5 ming dona «Regapen» va 20 ming dona «Zardeks» dori vositasi borligi aniqlandi. Ularning umumiy qiymati 6,20 mlrd so‘m ekani aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dorilarni olib o‘tgan shaxslarni aniqlash ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda kuchli dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlangandi. Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumanida olib olib borilgan tekshiruv davomida fuqaro boshqa bir fuqaroga tarkibida «sibutramin» moddasini saqlagan ikki turdagi dori vositasini 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek