Oston O‘runov yana jarohat oldi va noma’lum muddatga safdan chiqdi

25-sentabr 2025 16:15 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Persepolis FC

O‘zbekiston milliy terma jamoasi vingeri Oston O‘runov va eronlik himoyachi Hussayn Kanoni «Persepolis»ning so‘ngi mashg‘ulotida jarohat orttirib oldi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Vohid Hoshimiyan ma’lum qildi.

«Kanoni va O‘runov kechagi mashg‘ulotda jarohat olishdi. Katta ehtimol bilan ular «Malavan»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi», dedi murabbiy.

Qayd etilishicha, klub tibbiy shtabi futbolchilar holatini batafsil o‘rganib chiqadi va 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Malavan»ga qarshi bahs arafasida yakuniy xulosani taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, Oston O‘runov joriy mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq na gol urdi va na golli uzatma amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 2 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» himoyachi Abduqodir Husanov ham jarohati sabab kamida uchta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmasligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek