
25-sentabr soat 06:20:12 da Qirg‘iz Respublikasining Botken shahrida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hodisaning magnitudasi 3, chuqurligi 5 km, episentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida zilzila Farg‘ona tumanida 2–3 ball, Quvasoy va Farg‘ona shaharlarida 2 ball bilan sezildi. Zilzilaning episentri Toshkentdan 246 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, koordinatalari 40,17 N, 71,75 E ni tashkil etadi.
Hozircha jiddiy talofat yoki zarar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.