Qozog‘iston chegarada o‘zbekistonliklardan o‘n minglab dollar musodara qildi

eʼlon qilindi
Volgograd — Toshkent poyezdida
Qozog‘iston chegarada o‘zbekistonliklardan o‘n minglab dollarni musodara qildi. Foto: Perevozka-24 kz

Volgograd — Toshkent poyezdida ketayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda valyuta olib kirish limitini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Kursiv Media xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ularning valyutasining bir qismi musodara qilindi. 58 yoshli erkak Qozog‘istonga deklaratsiyada ko‘rsatmasdan $20 ming olib kirgan. Sud uni 1,3 ming tenge (taxminan $2,5 ming) jarimaga tortib, $10 mingini musodara qildi. Qolgan mablag‘ egasiga qaytarildi.

Shuningdek, 55 yoshli o‘zbekistonlik ayol esa $17,6 ming olib ketayotganda to‘xtatildi. Sud qaroriga ko‘ra, undan $7,6 ming musodara qilindi va 1,02 ming tenge (taxminan $1,9 ming) miqdorida jarima belgilandi. $10 ming esa unga qaytarildi.

Qonunchilikka ko‘ra, Qozog‘istonga $10 minggacha mablag‘ni deklaratsiyasiz olib kirish mumkin. Agar summa bundan oshsa, majburiy ravishda deklaratsiya to‘ldirilishi kerak.

Bundan oldin O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari yil boshidan buyon $12,1 milliardga yetgani xabar qilingandi.

Bunda aholining valyuta sotuvi va xaridi o‘rtasidagi tafovut yanvar – avgust oylarida $5,6 millardni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.

Shuningdek