
Xiaomi kompaniyasi tomonidan yangi Redmi Pad 2 Pro plansheti taqdim etildi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Qurilma 12,1 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, 2,5K aniqlikda va 120 Hz yangilanish chastotasida ishlaydi.
Ekran yorqinligi 600 kandel/m² gacha yetadi. Planshet Snapdragon 7s Gen 4 protsessori asosida ishlaydi va Android 15 operatsion tizimi bilan birga HyperOS 2 interfeysida taqdim etilgan. Asosiy kamera ikki xil versiyada taqdim etiladi. 8 MP (Wi-Fi versiyasi) yoki 13 MP (5G versiyasi). Old kamera esa 8 MP.

Batareya sig‘imi 12 000 mA/soatni tashkil etadi. Qurilma 33 Vt tezkor zaryadlash va 27 Vt teskari simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, to‘rtta dinamik, ikkita mikrofon, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.4 bilan jihozlangan. 5G versiyasida eSIM qo‘llaniladi. Planshetning vazni 610 gramm, qalinligi esa 7,5 mmni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 67 dollarlik Redmi A5 Airtel Exclusive Edition smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.