Toshkent viloyatidagi bog‘cha bolalarining zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
Bolalar ombudsmani voqeani bolalar manfaatlari nuqtai nazaridan alohida kuzatuvga olganini ma’lum qildi
bog‘cha
Prezident maktablari kabi har bir viloyatda «Yangi avlod» bog‘chalari tashkil qilinadi. Foto: ochiq manbalardan

Oldinroq «Kursiv» nashri Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir nechta davlat bog‘chalarida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘idan shikoyat qilib, tuman tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, bolalarda tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi belgilar kuzatilgan.

Dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng zarur muolajalar amalga oshirilgan. Aksariyat bolalarning ahvoli shu kunning o‘zida yaxshilangani bois uylariga javob berilgan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan bolalar qayd etilmagan.

Bolalar ombudsmani voqeani bolalar manfaatlari nuqtai nazaridan alohida kuzatuvga olganini ma’lum qildi.

«Bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq har qanday vaziyat mutasaddi idoralarning alohida nazoratida o‘rganiladi», dedi ombudsman.

Shuningdek, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh bergani haqida yozgandi.

Shuningdek