Vashingtonda Tramp va Epshteyn haykali o‘rnatildi

Kapitoliy qarshisida noma’lum shaxslar AQSh prezidenti Donald Tramp va Jeffri Epshteyn qo‘l ushlashib turgan haykalini o‘rnatishgan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Haykal yonidagi yozuvda:
«Biz prezident Donald Tramp va uning eng yaqin do‘sti Jefri Epshteyn o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqani olqishlaymiz», — deyilgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, haykalni kim o‘rnatgani oshkor qilinmagan va u ruxsatsiz o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Epshteyn 2019-yilda AQSh qamoqxonasida voyaga yetmaganlarga jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olinganidan so‘ng vafot etgan. Tramp esa u bilan aloqani hibsga olinishidan ancha oldin to‘xtatganini aytgandi.
Shuningdek, Epshteynga aloqador ish sabab AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenni tuhmat uchun sudga berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, Xanter Melaniyani Tramp bilan moliyachi Jeffri Epshteyn tanishtirganini aytgan. Melaniyaning advokatlari bu gaplarni «yolg‘on, obro‘ga putur yetkazuvchi va tuhmat» deb atadi. Shundan so‘ng Bayden o‘z so‘zidan qaytmasligini bildirgan.