
Xiaomi kompaniyasi tomonidan yangi Xiaomi 15T smartfoni namoyish etildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Qurilma Dimensity 8400-Ultra protsessorida ishlaydi, 12 GB tezkor xotira hamda 256 yoki 512 GB doimiy xotira bilan taqdim etilgan.
Smartfon 6,83 dyuymli OLED ekranga ega bo‘lib, Full HD+ aniqlikni, 120 Hz yangilanish chastotasini, HDR10+ va Dolby Vision texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, stereo dinamiklar va Dolby Atmos mavjud.

Kamera tizimi uch moduldan iborat:
- asosiy 50 MP Light Fusion 800 sensori (f/1.7);
- 50 MP 2x optik zum moduli (46 mm);
- 12 MP ultra-keng burchakli modul. Old kamera 32 MP.
Batareya sig‘imi 5500 mA/soat bo‘lib, 67 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma IP68 himoya standartiga ega, qalinligi 7,5 mm, og‘irligi esa 194 g.
Xiaomi 15T Wi-Fi 6E, Bluetooth 6.0 va NFC bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfondan smartfonga bevosita qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud (1,3 km masofagacha).
Modelning narxi 650 yevro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan smartfonni zaryadlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yozgan edi.