Xiaomi 17 Pro asosiy kamerada selfi imkoniyatini namoyish qildi

25-sentabr 2025 13:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro asosiy kamerada selfi imkoniyatini namoyish qildi / Foto: Weibo

Xiaomi 17, 17 Pro va 17 Pro Max smartfonlarining jahon taqdimoti 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shunga qaramay, kompaniya prezidenti Lu Veybing yangi flagmanlarga qiziqishni oshirishda davom etmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi 17 Pro modelining asosiy yangiligi — bu orqa tomonida joylashgan qo‘shimcha ekran. Bu dizaynga o‘ziga xoslik qo‘shib, qurilmadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Lu Veybing yangi ekran yordamida asosiy kamerada selfi olishni taklif qildi va o‘zining shunday suratlarini e’lon qildi. Bu yondashuv old kamera ahamiyatini kamaytirishi mumkin.

Foto: Weibo

Avvalroq u Xiaomi 17 Pro kamerasini iPhone 17 Pro bilan solishtirgan edi. Shuningdek, Xiaomi rahbari Ley Tszyun ham 17 Pro va 17 Pro Max kameralarida olingan suratlarni taqdim etdi. BYD Auto esa Weibo‘dagi rasmiy sahifasida kompaniyaga yangi smartfon taqdimotida omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 15T smartfoni qanday imkoniyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek