
Yevropa ligasi 1-turidan oʻrin olgan bahsda «Betis» va «Nottingem Forest» oʻzaro to‘qnash keldi va yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi.
Dastlab hisob 15-daqiqada Sedrik Bakumbu tomonidan ochildi. 18-daqiqada esa Igor Jesus muvozanatni tikladi, besh daqiqa o‘tib esa jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlim soʻngida, aniqrogʻi 85-daqiqada andalusiyaliklarning braziliyalik vingeri Antoni «Betis»ni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa tomonlar bir ochkodan boʻlishib olishdi.

Yevropa ligasi. 1-tur
«Betis» — «Nottingem Forest» 2:2
Gollar: Bakumbu (15), Antoni (85) — Jesus (18, 23).
Betis: Lopes, Ortis, Natan, Gomes, Firpo (Rodriges, 46), Altimira (Roka, 46), Lo Chelso (Fornals, 76), Amrabat, Antoni, Bakambu (Kucho, 72), Ezzalzuli (Rikelme, 4).
Nottingem Forest: Sels, Uilyams, Milenkovich (Boli, 90+3), Morato, Zinchenko, Sangare (Yeyts, 82), Gibbs-Vayt, Duglas Luis (Bakva, 46), Anderson, Hadson-Odoi (Ndoye, 64).
Ogohlantirishlar: Natan (45+2), Rodriges (75), Kucho (90+4) – Gibbs-Vayt (2), Jezus (26).
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Atletiko» La Liganing 6-turidan oʻrin olgan bahsda Xulian Alvaresning xet-triki evaziga «Rayo Valekano»ni magʻlub etgani haqida xabar berilgandi.