Yevropa ligasi. «Roma» turnirni gʻalaba bilan boshladi, «Fenerbahche» esa magʻlubiyatga uchradi

25-sentabr 2025 04:26 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Yevropa ligasi 1-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Jumladan, safarda «Nitsa» mehmoni boʻlgan «Roma» 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va uch ochko egasiga aylandi.

Uchrashuvda hisob 52-daqiqada Evan Ndika tomonidan ochildi. Oradan uch daqiqa oʻtib Janluka Manchini farqni ikkataga yetkazdi.

77-daqiqada esa rimliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va bu imkoniyatdan Teren Moffi unumli foydalanib, mezbonlarning yagona javob to‘piga mualliflik qildi.

Foto: Getty Images

Yevropa ligasi. 1-tur

«Nitsa» — «Roma» 1:2

Gollar: Moffi (pen. 77) — Ndika (52), Manchini (55).

Nitsa: Diuf, Mendi, Ba, Dante, Lushe, Budaui (Klauss, 62), Vanxutte, Bard (Cho, 80), Sanson (Diop, 62), Boga (Abdi, 80), Karlos (Moffi, 63).

Roma: Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rensh (Ermoso, 83), El-Aynaui, Kone (Kristante, 69), Simikas, Sule (Pisilli, 69), El-Shaaravi (Pellegrini, 46), Dovbik (Fergyuson, 69).

Ogohlantirishlar: Kone (27), El-Aynaui (41), Ndika (41), Simikas (79), Ermoso (88).

Foto: Getty Images

Shuningdek, «Dinamo Zagreb» maydoniga safar qilgan «Ferenbahche» 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Dastlab hisob 21-daqiqada Drena Belyo tomonidan ochildi. 25-daqiqada esa Sebastyan Shimanskiy muvozanatni tikladi.

50-daqiqada Belyo dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Monsef Bakrar uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Foto: Getty Images

«Dinamo Zagreb» – «Fenerbahche» 3:1

Gollar: Belyo (21, 51), Bakrar (90+5) – Shimanskiy (25)

Dinamo Zagreb: Nevistich, Valinich, Dominges, Makkenna, Goda, Zays (Varella, 90), Mishich, Lisisa (Bakrar, 75), Lyubichich (Staykovich, 75), Xodja (Villar, 90), Belyo (Kulenovich, 75).

Fenerbahche: Ederson, Braun, Ostervolde, Shkrinyar, Seyundjyu (Fred, 59), Asensio, Semedu, Aktyurkoglu (Tosun, 84), Shimanskiy (Kahvechi, 71), Dorjeles (Aydin, 71), En-Nesiri.

Shuningdek