AES loyihasi Rossiya bilan strategik hamkorlik ramzi bo‘ladi — Xo‘jayev

eʼlon qilindi
AES
«Rosatom» tajribasi va texnologiyalari asosida mintaqa uchun noyob stansiya modeli barpo etiladi
Foto: shutterstock

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Moskvada o‘tkazilgan Xalqaro atom forumida atom elektr stansiyasi (AES) loyihasi nafaqat mamlakatning energetik mustaqilligi yo‘lidagi muhim qadam, balki Rossiya bilan strategik hamkorlikning yorqin namunasi ekanini ta’kidladi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, «Rosatom» tajribasi va texnologiyalari asosida mintaqa uchun noyob stansiya modeli barpo etiladi.

«Bu nafaqat yangi ishlab chiqarishlar, kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar uchun asos, balki O‘zbekistonning yangi industrializatsiyasi ramzi bo‘lib xizmat qiladi», dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Jizzax viloyatida qurilayotgan AES qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari hududda sanoatlashtirish jarayonlarini tezlashtiradi. Bu yerda avtomobil zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa yirik ishlab chiqarish obyektlari faoliyati energiyaga katta talab qo‘ymoqda.

Shuningdek, aqlli shahar tamoyillari asosida qurilishi rejalashtirilayotgan «atomchilar shaharchasi» zamonaviy texnologiyalar va toza energiyadan foydalanadigan markazga aylanadi.

Xo‘jayev AES qurilishi O‘zbekiston energetika modernizatsiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlik poydevoriga aylanishini qayd etdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va XAEA atom energetikasi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishi haqida yozgandi.

Shuningdek