«Afrosiyob» poyezdida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
3-oktabrdan boshlab esa muntazam ravishda
«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
«Afrosiyob» poyezdida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Transport vazirligi

1–2-oktabr kunlari Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, 3-oktabrdan boshlab qo‘shimcha qatnovlar muntazam ravishda haftada uch marta – chorshanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Samarqanddan jo‘nash: 10:55 – Toshkentga kelish: 13:10
  • Toshkentdan jo‘nash: 13:56 – Samarqandga kelish: 16:09

Chipta sotib olish uchun rasmiy veb-sayt va «Uzrailways Tickets» mobil ilovasi orqali murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek