Amazon Prime obunasi sabab $2,5 milliard jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Obunani bekor qilishni murakkablashtirgani bois
Amazon Prime obunasi sabab $2,5 milliard jarimaga tortildi / Foto: Mashable

Amazon Prime obunasida mijozlarni chalg‘itgani uchun Federal savdo komissiyasi (FTC) tomonidan katta jarimaga tortildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya jami $2,5 mlrd tovon to‘laydi. Undan $1,5 mlrd qismi Prime obunachilariga qaytariladi, $1 mlrd esa jarima sifatida FTCga beriladi.

Sud hujjatlariga muvofiq, 2019–2025-yillar oralig‘ida Prime xizmatiga yozilib, undan deyarli foydalanmagan mijozlarga avtomatik tarzda $51 dan to‘lab beriladi. Shuningdek, obunani bekor qila olmagan foydalanuvchilar ham kompensatsiya olishlari mumkin.

Amazon obuna shartlarini aniqroq ko‘rsatish, «obuna bo‘lmaslik» tugmasini qo‘shish va bekor qilish jarayonini soddalashtirishga rozi bo‘ldi. Kompaniya bu kelishuv unga mijozlarga ko‘proq e’tibor qaratishga imkon berishini ta’kidladi.

Tahlillarga ko‘ra, bu jarima Amazon’ning Prime xizmatidagi ustun mavqeyiga katta ta’sir qilmaydi, chunki xizmat hali ham millionlab amerikaliklar uchun muhim hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Yevropa Ittifoqida reklama bozorini suiiste’mol qilgani uchun 2,95 mlrd yevro jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek