Bo‘stonliqdagi dala-hovlida 1,9 milliard so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bo‘stonliqdagi dala-hovlida 1,9 milliard so‘mlik elektr o‘g‘irlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Bo‘stonliq tumanidagi dala-hovlida yirik miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, fuqarolar va boshqalar «Chimyon» MFY hududidagi dala-hovlida umumiy tarmoqdan hisoblagichsiz ulanib, 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan tijorat maqsadida foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Soha mutaxassislari ta’kidlashicha, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki xavfsizlik qoidalarining buzilishi oqibatida yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois aholiga faqat qonuniy tartibda ulanish va energiya ta’minotida rasmiy shartnomalarga amal qilish eslatib o‘tilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada pora olgan ikki mansabdorga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan edi.

Shuningdek