
Xitoylik BYD kompaniyasi tomonidan BYD Qin Plus Progressive gibrid modelining yangi versiyalarini taqdim etdi. U 79,8 ming yuan ($11 ming) narx bilan sotuvga chiqdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Model ikkita turda taqdim etilgan: gibrid va to‘liq elektr. Elektrli versiyaning masofasi 420 yoki 510 km bo‘lib, batareya hajmiga qarab farqlanadi. Gibrid esa bitta benzin baki bilan 2055 km yo‘l bosadi. Shu bilan birga, faqat elektr rejimida 128 km yurish imkoniyati bor.
BYD Qin Plus Progressive gibridining o‘rtacha yonilg‘i sarfi atigi 2,69 litrni tashkil etadi. Model 136 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Gibrid versiyaning o‘lchamlari 4780 x 1837 x 1515 millimetrni tashkil etsa, elektr versiyasi uzunroq bo‘lib, 4795 millimetrga teng. Old osma McPherson tipida, orqa qismi esa mustaqil ko‘p richagli tuzilishga ega.
Barcha versiyalarda 8,8 dyuymli raqamli panel, 12,8 dyuymli multimedia ekrani, kruiz-kontrol va iqlim nazorati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng tezkor BYD Yangwang U9 Xtreme avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.