Chery Fulwin T11 avtomobili taqdim etildi

26-sentabr 2025 09:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Fulwin T11 avtomobili
Chery Fulwin T11 avtomobili taqdim etildi / Foto: Autohome

Chery kompaniyasi Fulwin T11 avtomobili uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.

Yangi Fulwin T11 tashqi ko‘rinishda Range Rover’ni eslatadi. Avtomobilning uzunligi 5150 mm, eni 1995 mm, balandligi 1800 mm, g‘ildirak bazasi esa 3120 mm. Uning kuzoviga lidar o‘rnatilgan.

Foto: Autohome

Mashina oltita o‘ringa ega bo‘lib, «2+2+2» tartibida joylashtirilgan. Ikkinchi qatorda alohida kreslolar qo‘yilgan. Ular isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega. Salon 30 dyuymli 6K displey bilan jihozlangan, shuningdek, AR-proyeksiya, 256 rangli yoritish va 23 dinamikli audio tizim mavjud. Orqa o‘rindagilar uchun 17,3 dyuymli ekran va 9,2 litrli mini-xolodilnik ham o‘rnatilgan.

Fulwin T11 1,5 litrli turbomotor va ikkita elektromotordan iborat gibrid tizimga ega. U faqat elektrda 220 km masofani bosib o‘tadi, umumiy yurish masofasi esa 1400 km. Tezlanishi 0–100 km/soatga atigi 5 soniyada. Oldi ikki qo‘shaloq richagli, orqa esa mustaqil beshrichagli osma bilan jihozlangan.

Foto: Autohome

Model Falcon 500 haydovchiga yordamchi tizimi bilan bazaviy tarzda taqdim etiladi. Eng yuqori versiyada esa Falcon 700 qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 17 ming dollarlik Chery iCar Super V23 elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek