Falastin BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

eʼlon qilindi
Hozircha javob olinmagan
Foto: Ochiq manbalar

Falastin BRIKSga to‘liq a’zolik uchun rasmiy ariza topshirdi, biroq hozircha javob olmagan. Bu haqda Rossiyadagi Falastin elchisi Abdelhafiz Nofalga tayanib «Ria Novosti» xabar bermoqda.

Manbaning qayd eticha, hozircha Falastin tashkilot tadbirlarida mehmon sifatida qatnashishda davom etadi.

«Biz ariza berdik, ammo siz bilasiz, Falastinning o‘ziga xos sharoitlari bor. Menimcha, Falastin sharoitlar to‘liq pishib yetguncha BRIKSda mehmon sifatida qatnashishda davom etadi. Hozirgacha biz javob olmadik», degan Nofal.

BRIKS 2006-yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2011-yilda Janubiy Afrika ham qo‘shilgan. 2024-yildan boshlab ittifoqqa Misr, BAA, Efiopiya va Eron qo‘shildi. 2025-yil yanvardan esa Indoneziya ham to‘liq a’zo bo‘ldi. BRIKS bilan hamkor davlatlar sifatida Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston va Vyetnam hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va yana to‘qqizta davlat BRIKS bilan hamkorlik qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek