2026-yilgi Jahon chempionati ramzlari taqdim etildi

FIFA 2026 Jahon Chempionati uchun uch rasmiy ramz tanishtirildi. Ular Kanadani ifodalovchi Meypl — Shimol bug‘usi(Kanada ramzi), Zayu — Yaguar (Meksika ramzi), Klach— Kal burgut (AQSh ramzi) obrazlaridir.
Har bir ramz o‘z mamlakatining madaniyati, merosi va ruhini aks ettirib, birlik, xilma-xillik hamda futbolga bo‘lgan umumiy muhabbatni ifodalaydi.

FIFA prezidenti Janni Infantino yangi ramzlarni «quvonch, energiya va birlashtiruvchi ruh bilan to‘la» deb ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uch ramz nafaqat Shimoliy Amerikada, balki butun dunyo bo‘ylab futbol muxlislarining qalbini zabt etib, bayramona kayfiyat ulashadi.

Ramzlarning yana bir yangiligi shundaki, ular ilk bor videoo‘yinlarda ham ishtirok etadi. 2026-yilda taqdim etiladigan FIFA Heroes nomli o‘yinda Maple, Zayu va Clutch futbol qahramonlari qatorida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, Roblox’dagi FIFA Super League Soccer o‘yinida ham ramzlar asosiy qahramon sifatida ishtirok etib, maxsus mukofotlar taqdim etadi.

Har bir ramz o‘ziga xos xarakterga ega. Meypl ijodkor posbon sifatida san’at va musiqani sevadi, Zayu esa chaqqon hujumchi bo‘lib, Meksikaning madaniy ruhi va an’analarini tarannum etadi. Klach esa qo‘rqmas va yetakchi xarakteri bilan ajralib turadi, u doimo jamoani birlashtirib, ruhlantiradi.

Ma’lumot uchun, turnir 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi va ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Shu bilan birga, muxlislar ramzlarning tasviri tushirilgan futbolkalar va turli mahsulotlarni FIFAStore.com orqali xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA JCh-2030 ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.