
Ispaniya La Ligasi 6-turidan oʻrin olgan «Barselona» va «Real Oviyedo» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi va unda kataloniyaliklar iroda ko‘rsatib, yakunda gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Dastlab hisob 33-daqiqada Reyna tomonidan ochildi. 54-daqiqada esa Erik Garsiya muvozanatni tikladi.
70-daqiqada Levandovski mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 86-daqiqada Arauxo uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.
Shu tariqa «Barselona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 16 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. «Real Oviyedo» esa 3 ochko bilan 18-o‘rinni band etgan.
La Liga. 6-tur
«Real Oviyedo» — «Barselona» 1:3
Gollar: Reyna (33) — Erik Garsiya (54), Levandovski (70), Arauxo (86).
Real Oviyedo — Eskandel, Alhasan, Reyna (Brekalo, 76), Bayi, Ayhado, Dendonker (Kolombatto, 89), Karmu, Kasorla (Ilich, 65), Rondon, Hasan (Sibo, 65), Chaira (Fores, 75).
Barselona — Joan Garsiya, Arauxo, Erik Garsiya, Martin, Kubarsi, Kasado (De Yong, 46), Olmo, Pedri (Bernal, 90+1), Rafinya (Levandovski, 65), Reshford (Kristensen, 90+1), Ferran.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yevropa ligasining 1-tur uchrashuvlari yakunlangani va kun davomida oʻtkazilgan o‘yinlarda qanday hisob qayd etilgani xabar qilingandi.