Manbalar

Oʻzbekistonda 2,1 GVt quvvatga ega AES quriladi

Bundan tashqari, 55 MVt quvvatga ega yana ikkita blok barpo etiladi
Oʻzbekiston 2,1 GVt quvvatga ega AES quradi. Foto: Unsplash

Jizzax viloyati hududida ikkita bir ming MVt quvvatli reaktordan iborat kombinatsiyalangan atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev xabar berdi.

Bundan tashqari, 55 MVt quvvatga ega yana ikkita kichik reaktor barpo etiladi. Xoʻjayev «Rosatom» bilan amalga oshiriladigan ushbu loyiha oʻziga xosligini ta’kidladi.

«Bunday kombinatsiyalangan yondashuv 2,1 GVt asosiy generatsiya va moslashuvchan manyovrli quvvatlarni beradi. 2035-yilga borib, qariyb 525 gektar maydondagi stansiya yiliga 15 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi», dedi u.

Заседание Глобального атомного форума

Bosh vazir oʻrinbosarining fikricha, AES mamlakatning yangi industrializatsiyasi ramziga aylanadi. Uning qurilishi Jizzax viloyatiga investitsiyalarni jalb etishga yordam beradi. Elektr stansiyasi, shuningdek, avtomobilsozlik korxonalari joylashgan hududning sanoat salohiyatiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Avvalroq O‘zbekistondagi AES qurilishida belaruslar ham ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Mamlakatda AES qurilishidagi birinchi beton 2026-yil mart oyida quyilishi kutilmoqda.