O‘FA «Oltin to‘p» sohibini terma jamoaga taklif qilmoqda

26-sentabr 2025 15:39 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Championat.asia

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) «Oltin to‘p»ning 2006-yilgi g‘olibi Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda.

Italiya terma jamoasi afsonasi sanalgan Kannavaro murabbiylik faoliyati davomida BAA, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarini boshqargan. Shuningdek, u Xitoy terma jamoasi, «Benevento», «Udineze» va «Dinamo» Zagreb klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Championat.asia xabariga ko‘ra, O‘FA rahbariyati Italiyaga borib, 50 yoshli mutaxassis bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazgan. Manbalarga ko‘ra, Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paulu Bentu O‘zbekiston futbol terma jamoasini boshqarmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek