
Oppo kompaniyasi tomonidan Oppo A6 Pro 5G va Oppo A6 Pro 4G smartfonlari taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Smartfonlarning 5G versiyasi MediaTek Dimensity 7300 platformasida, 4G esa MediaTek Helio G100 asosida ishlaydi. Har ikkala model AMOLED displeyga ega bo‘lib, uning diagonali 6,57 dyuym, tasvir aniqligi Full HD+, yangilanish tezligi 120 Hz, yorqinligi esa 1400 nitga yetadi. Qurilmalar ostida barmoq izi skaneri mavjud.
Smartfonlar 7000 mA/soat sig‘imli katta batareya va 80 Vt tezkor quvvatlash funksiyasi bilan jihozlangan. Bu ko‘rsatkich arzon segmentdagi qurilmalar uchun sezilarli afzallik hisoblanadi.
Asosiy kamera ikkita moduldan iborat: 50 MP asosiy va 2 MP mono sensor. Old kamera 16 MP bo‘lib, selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan. Qurilmalarda Bluetooth 5.4, Wi-Fi 5, NFC va IP69 darajali himoya mavjud. Modellarning narxi $285 dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15T smartfoni haqida yozgan edi.