Poytaxtdagi Shota Rustaveli ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari sababli 26-sentabr soat 17:00 dan 29-sentabr soat 07:00 gacha Janubiy vokzal – Sergeli («O‘zgarish» ko‘prigi) yo‘nalishida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Shu bois avtobus qatnovlarida ham vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

32 va 59-avtobuslar Gavhar, Do‘mbirobod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi. 8, 38, 40, 48, 57, 58, 59, 62, 75, 84, 105, 126, 131-avtobuslar esa Yangi Sergeli yo‘li, TXAY, Fayzli Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali qatnaydi.
Ta’mirlash ishlari davomida tirbandliklar yuzaga kelishi va avtobuslarning qatnov vaqti odatdagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin. Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda mazkur o‘zgarishlarni inobatga olish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edik.