
Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari – suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit Torobayev Xitoy davlat temiryo‘l korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi amaliy bosqichga o‘tgani ta’kidlandi.
Hozirda tunnel qazish, vaqtinchalik infratuzilma qurish hamda muhim tashkiliy masalalarni hal qilish ishlari olib borilmoqda. Qirg‘iziston hukumati loyiha uchun to‘liq qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatmoqda, ekologik me’yorlar va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinmoqda.
Qirg‘iziston tomoni mamlakat fuqarolarining loyihada bandligini oshirish, mahalliy tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning ishtirokini kengaytirishni taklif qildi. Tomonlar ushbu masalalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.
Avvalroq Oʻzbekiston Gruziyaga ushbu mintaqaviy temiryoʻl loyihasida ishtirok etishni taklif qilgandi. Oʻzbekiston ushbu loyihaning mintaqaviy ahamiyatini inobatga olib, uni Oʻrta transport yoʻlagiga integratsiya qilish rejalari doirasida Gruziya bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi.