Qozog‘iston ustidagi havo massalari Toshkentga ta’sir ko‘rsatmaydi — «O‘zgidromet»

eʼlon qilindi
Mutaxassislar javob berdi
Kuchli shamol
Foto: depositphotos.com

Qozog‘istonda 25-sentabr kuni kechga borib shamol kuchaygani kuzatildi. «O‘zgidromet» ushbu tabiat hodisasini O‘zbekistonga ta’siri bo‘yicha izoh berdi.

Unga ko‘ra, Qizil-O‘rda viloyatida soat 17:00 da shamol tezligi 15–20 m/s gacha yetgan, ko‘rish masofasi esa 10 km ni tashkil etgan.

Prognozlarga ko‘ra, 25-sentabr soat 23:00 da shamol tezligi 10–12 m/s, 26-sentabr tonggi 02:00 da esa 7–10 m/s bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston ustidagi havo massalari Toshkentga ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq ertaga, 26-sentabr kuni poytaxtda shamol tezligi 3–8 m/s, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar ham kuzatilishi ehtimoli bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 26-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek