
Qozog‘iston prezidenti farmoniga muvofiq, Yermek Kosherbayev mamlakat tashqi ishlar vaziri (TIV) lavozimiga tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda To‘qayev matbuot xizmati xabar berdi.
Bungacha TIV rahbari lavozimida ishlab kelgan Murat Nurtleu lavozimidan ozod etilib, Prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Avvalroq Qozog‘istonda tashqi ishlar vaziri, sobiq Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) mulozimi Murat Nurtleu va hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Orda.kz’ning yozishicha, ularning uylarida tintuv o‘tkazilgan, shuningdek, bir nechta yuqori lavozimli lavozimli xodimlar ham qo‘lga olingan. Rasmiy vakillar esa tarqalgan ushbu xabarlarni inkor etgan edi.